General Kristofer Kavoli yetakchiligidagi delegatsiya Turkiyaga tashrif buyurdi

Bosh shtab qarorgohida Turkiya Bosh shtab rahbari general Yashar Guler va NATOning Yevropadagi ittifoqchi kuchlari oliy qo’mondoni (SACEUR) general Kristofer Kavoli uchrashuvi bo'lib o'tdi.

1863458
General Kristofer Kavoli yetakchiligidagi delegatsiya Turkiyaga tashrif buyurdi

 

NATOning Yevropadagi ittifoqchi kuchlari oliy qo’mondoni (SACEUR) general Kristofer Kavoli Turkiyaga tashrif buyurdi.

General Kavoli yetakchiligidagi delegatsiya poytaxt Anqaradagi Bosh shtab qarorgohida Turkiya Bosh shtab rahbari general Yashar Guler tomonidan harbiy marosim bilan kutib olindi.

Marosimdan so'ng Bosh shtab qarorgohida Yashar Guler va Kristofer Kavoli uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda NATOning ikkinchi eng katta armiyasi bo'lgan Turk Qurolli Kuchlari (TSK) bilan NATO o'rtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari, so'nggi mintaqaviy va xalqaro o'zgarishlar muhokama qilindi.

Kristofer Kavoli Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar tomonidan ham qabul qilindi.


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Turkiya , #Kristofer Kavoli

Aloqador xabarlar