Turkiya Bag'doddagi o'zgarishlar tufayli tomonlarni sog’lom fikrga chaqirdi

Bayonotda, Iroqdagi o'zgarishlarga asos bo'lgan siyosiy noaniqlikning eng qisqa vaqt ichida bartaraf etilishi va Iroq xalqining umidlari asosida zudlik bilan qamrab oluvchi va vakillik hukumatining tashkil etilishi ta'kidlandi.

1862533
Turkiya Bag'doddagi o'zgarishlar tufayli tomonlarni sog’lom fikrga chaqirdi

 

Turkiya  Iroq poytaxti Bag'doddagi o'zgarishlar bilan bog'liq tomonlarni sog’lom fikrga chaqirdi

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Bag'doddagi o'zgarishlar xavotir bilan kuzatilgani bildirildi.

Bayonotda, Iroqdagi o'zgarishlarga asos bo'lgan siyosiy noaniqlikning eng qisqa vaqt ichida bartaraf etilishi va Iroq xalqining umidlari asosida zudlik bilan qamrab oluvchi va vakillik hukumatining tashkil etilishi ta'kidlandi.

"Biz iroqliklarning oʻz fikr va umidlarini demokratik yoʻllar orqali ifodalash huquqini hurmat qilamiz. Shu nuqtai nazardan, zoʻravonlikdan qochish va jamoat tartibini saqlashga ustuvor ahamiyat berish zarurligini taʼkidlaymiz. Biz barcha ishtirokchilarni sogʻlom fikr va vazminlik bilan harakat qilishga chaqiramiz. "

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar