AFAD Suriyada qishloq barpo etmoqda

Favqulodda vaziyatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish raisligi (AFAD), Suriyada qishloq barpo etmoqda.

1861274
AFAD Suriyada qishloq barpo etmoqda

Favqulodda vaziyatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish raisligi (AFAD) Suriya shimolida o‘z uy-joyidan mahrum qilingan oilalarga 1000 uylik qishloq qurilishi uchun Qatar Qizil yarim oy jamiyati bilan kelishuv imzoladi.

Amaliy tashrif bilan Qatarga borgan AFAD hay’ati poytaxt Dohada Qatar Qizil yarim oy jamiyati, Qatar xayriya ishlari uyushtirish idorasi va Qatar xayriya uyushmasi rasmiylari bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.

AFAD va Qatar Qizil yarim oy jamiyati Suriya shimolidagi al-Bob hududida o‘z uy-joylaridan mahrum qilingan suriyaliklar uchun turar-joy qishlog‘i qurish loyihasi bo‘yicha hamkorlik protokoli imzoladi.

Taxminan 3,5 million dollarlik qiymatga ega turar-joy hududi, AFAD va Qatar Qizil yarim oy jamiyati koordinatsiyasida Turk Qurolli kuchlari tomonidan “Firat qalqoni” harbiy amaliyoti olib borilgan hududda quriladi. Ularning har biri 50 kvadrat metrni tashkil etar ekan umumiy soni 1000 uydan iborat bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Qishloqda shu bilan birga boshlang‘ich maktab, tibbiy klinika, masjid va do‘konlar ham o‘rin oladi.



Aloqador xabarlar