Iroq shimolida bir turk askari shahid bo‘ldi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1860911
Iroq shimolida bir turk askari shahid bo‘ldi

Iroq shimolida Turk Qurolli kuchlari tomonidan “Panja-kalit” amaliyoti olib borilgan hududda, terroristlar tomonidan ig‘vogar tusda o‘q uzildi. Oqibatida bir turk askari shahid bo‘ldi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, terror tashkiloti a’zolari tomonidan ig‘vogar tusda o‘q uzilgani va oqibatida bir askarning tan jarohati olgani ammo kasalxonaga olib borilganida shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid bo‘lgani qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #shahid , #Iroq shimoli , #Panja-kalit , #terroristlar

Aloqador xabarlar