PKK/YPG terror tashkilotiga a'zo 27 terrorist yoʻq qilindi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1860334
PKK/YPG terror tashkilotiga a'zo 27 terrorist yoʻq qilindi

Iroq shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist yoʻq qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida:

Oxirgi terrorist yoʻq qilingunga qadar kurash, kurash, kurash! Iroq shimolidagi Panja-chaqmoq amaliyoti olib borilgan hududda aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist yoʻq qilindi. Terrorizmga qarshi kurashimiz qarorlilik bilan davom etadi”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.

Suriya shimolida ham Turk Qurolli kuchlari tomonidan “Firat qalqoni” va “Tinchlik bulogʻi” amaliyotlari olib borilgan mintaqalarda 25 nafar PKK/YPG a’zosi, oldini olish va jazolash oʻqlari asosida yoʻq qilingandi.

Vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida mavzu haqida berilgan bayonotlarda:

 “Shahidlarimizning qoni yerda qolmadi, qolmaydi! Qahramon qoʻmondonlarimiz Firat qalqoni va Tinchlik bulogʻi amaliyoti olib borilgan mintaqalarda 25 nafar PKK/YPGga a’zo terroristni oldini olish va jazolash oʻqlari asosida yoʻq qildi. Terroristlarni, oʻzlari qazigan xandaklarga koʻmishni davom etamiz”.-deyilgandi.



Aloqador xabarlar