MXK Gretsiya harakatlarini "noto‘g‘ri” deb baholadi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an rahbarligida Milliy Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi uyushtirildi.

1858038
MXK Gretsiya harakatlarini "noto‘g‘ri” deb baholadi

Milliy Xavfsizlik kengashi (MXK), Gretsiyaning hududiy suvlar va havo sohasi paymollarini orttirgan holda davom etishini, “qabul qilinmay turgan darajada noto‘g‘ri” deb baholadi.  

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an rahbarligida Prezidentlik kulliyasida uyushtirilgan yig‘ilish ortidan deklaratsiya e’lon qilindi.

“Xalqaro huquqni mensimay, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlariga qarshi pozitsiyasini qat’iy qaror bilan davom ettirayotgan Gretsiyaning ig‘vogar tusdagi harakatlari bilan bir qatorda, hududiy suvlar va havo sohasi paymollarini orttirgan holda davom ettirishi, qabul qilinmay turgan darajada noto‘g‘ri ekani ifoda etildi”.-deyilgan MXK deklaratsiyasi davomida:

“Shuningdek Gretsiya ma’muriyatidan noqonuniy muhojirlar hayotini xavf ostiga qo‘yuvchi, inson huquqlari va insonparvarlik qonun talablariga javob bermaydigan faoliyatlarini bas qilishi yana bir bor talab qilindi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasining mustaqil va teng huquqli xalqaro maqom asosidagi ikki davlatli yechim haqidagi ko‘z qarashining qattiq qo‘llab-quvvatlanishi bayon etildi”.-degan ifodalarga ham o‘rin berildi.



Aloqador xabarlar