Akar Turkiyaga F-16 sotish uchun shart qo‘ygan qonun loyihasiga munosabat bildirdi

Hulusi Akar, Turkiyaga F-16 sotish uchun shart qo‘ygan AQSh vakillar palatasining qonun loyihasiga munosabat bildirdi.

1856706
Akar Turkiyaga F-16 sotish uchun shart qo‘ygan qonun loyihasiga munosabat bildirdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) vakillar palatasining F-16 uchoqlarini Turkiyaga sotish uchun shart qo‘ygan qonun loyihasiga munosabat bildirdi.

Hulusi Akar poytaxt Anqarada jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Unda, Gretsiyaning Turkiyaga F-16 uchoqlari sotilmasligi borasidagi faoliyatlari bilan AQSh vakillar palatasining F-16 uchoqlarini Turkiyaga sotish uchun shart qo‘ygan qonun loyihasi haqidagi savolga Hulusi Akar, “Jarayon davom etmoqda va biz buni yaqindan kuzatyapmiz”,-deb javob berdi.

Gretsiyaning ushbu masalani, xalqaro munosabatlar talabiga javob bermaydigan nuqtaga olib kelganini ifoda etgan Akar:

“Gretsiya, Turkiya bilan AQSh harbiy hay’atlari o‘rtasida F-16 uchoqlarini yetkazib berish va uni modernizatsiya qilish bo‘yicha erishilgan kelishuvga, turli tashabbuslar bilan qo‘lidan kelganicha aralashishga urinmoqda”.-deya gapirdi.

NATOning kuchli bo‘lishi uchun tarkibidagi davlatlarning kuchli bo‘lishi kerakligini ifoda etgan Akar o‘z so‘zida:

“Harbiy sohadagi rasmiylar bundan xabardor. Faoliyatlarimizni biladilar. Biz ham fikrlarimizni har bir uchrashuvlarimizda ochiq-oydin yetkazmoqdamiz. Turkiya kuchli davlat. Men senga mana buni beraman, sen esa menga bunday muomala qilma kabi shartlar bo‘lmasligi lozim. Harbiy hay’atlar o‘rtasidagi uchrashuvlarda mantiqiy parametrlar bilan muzokaralarimizni davom etyapmiz. Jarayon davom etmoqda. Biz harbiy, siyosiy va diplomatik jihatdan ishlashni to‘xtatmaymiz. Umid qilamizki sog‘lom fikr ustun bo‘lib, oqilona va mantiqiy yechimlar paydo bo‘ladi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hulusi Akar , #AQSh , #Gretsiya , #F-16 , #qonun loyihasi

Aloqador xabarlar