Prezident Erdoʻgʻan Srebrenitsa shahidlarini yodga oldi

Prezident Erdoʻgʻan, Srebrenitsa qatliomining 27-yilligida vafot etganlarni rahmat ila yodga oldi.

1854672
Prezident Erdoʻgʻan Srebrenitsa shahidlarini yodga oldi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Srebrenitsa qatliomining 27-yilligida vafot etganlarni rahmat ila yodga oldi.

Erdo‘g‘an mavzu haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida:

“Yevro‘poning qoq markazida sodir bo‘lgan, insoniyat tarixidagi eng qora dog‘lardan biri Srebrenitsa qatliomining 27-yilligida shahidlarimizga Ollohdan rahmat, ular oilalariga sabr tilayman. Haq va adolat yoʻlida bosniyalik qardoshlarimizni hech qachon yolgʻiz qoʻymaymiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Eslatib oʻtamiz, 1995-yilning 11-iyulida Ratko Mladich qo‘mondonligidagi Serb qo‘shinlari Srebrenitsani bosib oldi. Ortidan, bosniyalik tinch aholi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi niderlandiyalik askarlardan panoh topdi. Ular keyinchalik serblarga topshirildi.

Ayollar bilan bolalarning Bosnyak askarlari nazoratidagi hududga yetib borishiga ruxsat bergan serblar, kamida 8 ming 372 nafar bosniyalik erkakni o‘rmonzorlar, fabrikalar va omborlarda qatl qildi.



Aloqador xabarlar