Prezident Erdoʻgʻan ham Pashinyanni yaqinlashib kelayotgan Vardavar festivali bilan tabrikladi

Prezident Erdoʻgʻan bilan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan telefon orqali muloqot qildi.

1854578
Prezident Erdoʻgʻan ham Pashinyanni yaqinlashib kelayotgan Vardavar festivali bilan tabrikladi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi ma’lumotiga koʻra Armaniston Bosh vaziri Pashinyan Prezident Erdoʻgʻanni Qurbon hayiti munosabati bilan tabrikladi.

Prezident Erdoʻgʻan ham Bosh vazir Pashinyanni yaqinlashib kelayotgan Vardavar festivali bilan tabrikladi.

Ikkala lider muloqat chogʻida, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikning mustahkamlanishiga ham hissa qoʻshuvchi Turkiya bilan Armaniston oʻrtasidagi normallashuv jarayoniga qanchalik ahamiyat berishini ta’kidladi.

Shu nuqtai nazardan Erdo‘g‘an bilan Pashinyan, maxsus vakillar oʻrtasida 1-iyul kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelishib olingan masalalarning yaqin kelajakda amalga oshirilishidan umidvor ekanliklarini ifoda etdi.



Aloqador xabarlar