Faxrettin Altun Srebrenitsa shahidlarini yodga oldi

Faxrettin Altun, Srebrenitsa qatliomining 27-yilligida vafot etganlarni rahmat ila yodga oldi.

1854417
Faxrettin Altun Srebrenitsa shahidlarini yodga oldi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun, Srebrenitsa qatliomining 27-yilligida vafot etganlarni rahmat ila yodga oldi.

Bu haqda Faxrettin Altun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida:

“Zamonaviy dunyoning sharmandali hujjatlaridan biri bo‘lgan Srebrenitsa qatliomi haligacha alam qiladi. Turkiya sifatida Bosniya xalqining yonida bo‘lishni, Bolqon geografiyasining tinchligi va xavfsizligi uchun har qanday chorani ko‘rishni davom etamiz. Srebrenitsa shahidlarimizning ruhlari shod bo‘lsin”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Fahrettin Altun ijtimoiy tarmoqda,  Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan tayyorlangan Srebrenitsa qatliomi haqidagi videolavhani ham bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, 1995-yili Yugoslaviyadagi ichki urush paytida Bosniya va Gertsegovinaning Srebrenitsa shahrida 13-iyulidan 18-iyuligacha bo‘lgan vaqt mobaynida 8 ming nafar yosh musulmon erkak, serb kuchlari tomonidan o‘ldirilgandi.



Aloqador xabarlar