Akar: Turkiya-Britaniya munosabatlari strategik sheriklik asosida barcha sohalarda davom etmoqda

Mudofaa vaziri Hulusi Akar Uollesni harbiy marosim bilan kutib oldi.

1847620
Akar: Turkiya-Britaniya munosabatlari strategik sheriklik asosida barcha sohalarda davom etmoqda

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar rasmiy taklif bilan poytaxt Anqaraga kelgan Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles bilan uchrashdi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Hulusi Akar Uollesni harbiy marosim bilan kutib oldi.

Avvalom bor yakkama-yakka uchrashgan Akar bilan Uolles, so‘ngra hay’atlaro uchrashuvga rahbarlik qildi.

Unda Ukraina bosh bo‘lish bilan birga mintaqaviy mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik masalalarida fikr almashilar ekan Hulusi Akar, Turkiya-Britaniya o‘rtasidagi munosabatlarning strategik sheriklik asosida barcha sohalarda davom etayotganini bildirdi.

Akar mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlikning eksport litsenziyasi cheklovlarining bekor qilinishi bilan erishilgan jadallikni ta’kidlar ekan ayniqsa PKK/YPG, DEASh va FETO kabi terror tashkilotlariga qarshi kurashda hamkorlik qilishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Hulusi Akar shuningdek Ukrainaning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlash bilan birga mintaqada tinchlik va barqarorlikning qayta tiklanishi uchun imkon qadar tezroq sulh e’lon qilinishi kerakligini ta’kidlab, g‘alla muammosini hal qilish sa’y-harakatlarning muvofiqlashtirilgan holda davom etayotanini ma’lum qildi.

Uchrashuvda harbiy mashq hamkorligi faoliyatlarning ortgan holda davom etishi borasida hamfikr ekani ham yetkazildi.

 



Aloqador xabarlar