Prezident Erdo‘g‘an: Gretsiya orqali o‘yin o‘ynalganidan boxabarmiz

Prezident Erdo‘g‘an, o‘tgan hafta Izmirda bo‘lib o‘tgan Efes-2022 mashg‘ulotlari munosabati bilan Egey dengizidagi vaziyat haqida tegishli tomonga kerakli so‘zlarning ochiq-oydin yetkazilganiga e’tibor qaratdi.

1843755
Prezident Erdo‘g‘an: Gretsiya orqali o‘yin o‘ynalganidan boxabarmiz

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiya ustidan Gretsiya orqali o‘yin o‘ynalganidan boxabar ekanliklarini qayd etdi.

Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi ham bo‘lgan Erdo‘g‘an, partiyasining Turkiya Buyuk Millat Majlisi Guruh yig‘ilishida so‘zlagan nutqida, o‘tgan hafta Izmirda bo‘lib o‘tgan Efes-2022 mashg‘ulotlari munosabati bilan Egey dengizidagi vaziyat haqida tegishli tomonga kerakli so‘zlarning ochiq-oydin yetkazilganini belgilab o‘tgan holda:

“Tarixda bo‘lganidek kimdir birovlari tomonidan erkalatilib bizga qo‘yib yuborilgan Gretsiya orqali yurtimizga qarshi o‘ynalgan o‘yinlardan boxabarmiz. Muammo, Gretsiyaning bu o‘yinlardan boxabar ekani yoki bu o‘yinning ixtiyoriy ishtirokchisi ekanidadir. Ma’lumingizkim filmni sur’atga olish jarayonida eng ko‘p charchagan, shikastlangan, hatto qo‘l-qanoti singan figurantlardir. Ammo sahnada ularning ismi aslo qayd etilmaydi. O‘tmishda Gretsiyaning boshiga kelganlar shulardir. Agar noto‘g‘ri yolda oyoq tiragudek bo‘lsa unda bundan buyon ham shular keladi boshiga”.-deya gapirdi.   

Prezident Erdo‘g‘an, Shvetsiya bilan Finlyandiyaning NATO tarkibiga kirish haqidagi murojaati borasida esa:

“NATO masalasida Shvetsiya bilan Finlyandiya terrorizmga qarshi kurashda aniq, konkret va qat’iy qadamlar tashlamagunga qadar munosabatimiz aslo o‘zgarmaydi”.-dedi.

Dunyoda mamlakat nomini Turkeydan “Türkiye”ga aylantirish qadamini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yganliklarini ham yodga solgan Erdo‘g‘an, milliy havo yo‘li qatnovlarining ham “Turkish Airlines” emas, “Türk Hava Yolları” nomi ostida amalga oshirishlarini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar