Ertaga Istanbulda “D-8 investitsiya forumi” boʻlib oʻtadi

Xalqaro tadbir D-8 Kotibiyati va Turkiya Palatalar va birjalar ittifoqi bilan hamkorlikda mahalliy vaqt bilan soat 11:00da boshlanadi.

1843707
Ertaga Istanbulda “D-8 investitsiya forumi” boʻlib oʻtadi

 

Ertaga 16-iyun kuni Istanbulda “D-8 investitsiya forumi” boʻlib oʻtadi.

Mazkur tadbir Turkiya, Bangladesh, Indoneziya, Eron, Malayziya, Misr, Nigeriya va Pokistondan tashkil topgan “Rivojlanayotgan sakkizlik” (D-8) Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 25 yilligiga bag’ishlangan.

Turkiya Palatalar va birjalar ittifoqi (TOBB) tomonidan berilgan e'longa ko'ra, forum "D-8" Kotibiyati va Turkiya Palatalar va birjalar ittifoqi bilan hamkorlikda mahalliy vaqt bilan soat 11:00da boshlanadi.

Tadbir ochilishida Turkiya Savdo vaziri Mehmet Mush va Turkiya Palatalar va birjalar ittifoqi rahbari Rifat Hisarjikliog'lu va Nigeriya Tashqi ishlar vaziri Zubairu Dada, Pokiston Investitsiya kengashi federal vaziri Chaudhry Salik Hussain va "D-8" Bosh kotibi Isiaka Abdulqodir Imom ma’ruza qiladi.

Xalqaro tadbirda “D-8”ga aʼzo davlatlarning investitsiya agentliklari va Savdo-sanoat palatalari vakillari ishtirok etadi.

 


Tanlangan kalimalar: #D-8 , #Turkiya

Aloqador xabarlar