Chavusho‘g‘lu: PKK bilan YPG oʻrtasida hech qanday farq yoʻq
Mevlut Chavusho‘g‘lu, bolalari terror tashkiloti tomonidan o‘g‘irlab ketilgani uchun Xalqlarning Demokratik partiyasining viloyatdagi binosi oldida ming kundan ortiq vaqtdan beri o‘tirgan Diyarbakir onalarini ziyorat qildi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu,
“PKK bilan YPG oʻrtasida hech qanday farq yoʻq. Ikkalasi ham terror tashkilotidir”.-dedi.
Bir qator uchrashuvlar uchun Diyarbakirga borgan Mevlut Chavusho‘g‘lu, bolalari terror tashkiloti tomonidan o‘g‘irlab ketilgani uchun Xalqlarning Demokratik partiyasining viloyatdagi binosi oldida ming kundan ortiq vaqtdan beri o‘tirgan Diyarbakir onalarini ziyorat qildi.
Chavusho‘g‘lu u yerdagi nutqida
“Aytishlaricha Suriyadagilarning ismi YPG, PKKliklardan farqli emush. Shu bois ham ularni terrorist deb bilmasmush. Hozirda NATO tarkibiga kirishni xohlagan ikki o‘lka ham huddi shunday deyishga urinmoqda. Lekin biz ularga shuni aytmoqchimiz; PKK bilan YPG o‘rtasida hech qanday farq yo‘q. Ikkalasi ham bir xil va terror tashkilotidir. Terror tashkilotlari orasida huddi farq bordek muomala qilmoqdalar. Go‘yo biri terror tashkiloti, ikkinchisi esa haq payida yurgandek ko‘rsatishga urinilmoqda. Agar kurdlarning haqqi nima ekanini bilishni xohlasangiz, qanday haq talab qilayotganini eshitishni istasangiz unda keling, bu yerdagi Diyarbakir onalarini, otalarini ziyorat qiling. Bizga ishonmasangiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularning o‘ziga quloq soling”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.