Hulusi Akar BAA mudofaa vaziri Ahmad Al Bovardi bilan uchrashdi

Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Mudofaa ishlari davlat vaziri Muhammad Bin Ahmad Al Bovardi bilan uchrashdi.

1834781

Akar rasmiy tashrif doirasida borgan BAAning poytaxti Abu Dabida Mudofaa ishlari Davlat vaziri Al Bovardi tomonidan kutib olindi.

Shundan so‘ng, yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazgan vazirlar o‘zaro va mintaqaviy masalalar bilan bir qatorda harbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik va mudofaa sanoati bo‘yicha fikr almashgani ma’lum qilindi.

Uchrashuvdan keyin Vazir Akar Vahat Al Karama qabristonini ham ziyorat qildi.

Hulusi Akarning tashrifi Turkiyadan bir mudofaa vazirining 15 yildan keyin BAAga ilk rasmiy tashrifidir.

Aloqador xabarlar