Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon TIV rahbari Jayxun Bayramov bilan muloqot qildi
Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini batafsil muhokama qildilar.
1830626
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha, 22-may kuni Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini batafsil muhokama qildilar.
Muloqot chog‘ida xalqaro siyosiy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Shuningdek, Janubiy Kavkaz va Ukrainadagi so'nggi o'zgarishlar muhokama qilindi.
Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlarining muloqoti har doimgidek o‘zaro ishonch ruhida, ochiq va do‘stona o‘tdi.