Altun: “Yurtimizda, muhojirlarni himoya qilish bizning insoniy burchimizdir”.
Faxrettin Altun, poytaxt Anqarada uyushtirilgan mahalliy ommaviy axborot vositalari seminarida nutq soʻzladi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun, Turkiyani nishonga olgan qora propaganda harakatlari va idrok operatsiyalariga qarshi haqiqat jabhasida qarorli kurashni davom etishlarini qayd etdi.
Altun, poytaxt Anqarada uyushtirilgan mahalliy ommaviy axborot vositalari seminarida nutq soʻzladi.
Mamlakatning siyosatdan iqtisodiyotga, xavfsizlikdan mediaga qadar har sohada koʻp qirrali hujumga duch kelganiga e’tibor qaratgan Faxrettin Altun,
“Biz duch kelgan sistematik dezinformatsiya va ijtimoiy muhandislik tashabbuslarining soʻnggi nishoni, mamlakatimizning muhojirlar siyosatidir”,-dedi.
Ba’zi doiralarning, Turkiyaning muhojirlar siyosati ustidan oʻlkada tartibsizlik muhiti yaratishga harakat qilayotganiga toʻxtalgan Altun,
“Yurtimizda, muhojirlarni himoya qilish bizning insoniy burchimizdir”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.
O‘z joni va qadr-qimmatini himoya qilish uchun vatanini tark etish ixtiyoriy tanlov emas, balki majburiyat ekanini ta’kidlagan Altun, davlatning muhojirlar masalasini tegishli barcha muassasa va tashkilotlar bilan yaqindan kuzatib, zarur chora-tadbirlarni samarali olib borayotganini ta’kidladi.
Turkiyani nishonga olgan qora propaganda harakatlari va idrok operatsiyalariga qarshi haqiqat jabhasida qarorli kurashni davom etishlarini, bu kurashni xalqaro platformalarda ham himoya qilganliklarini qayd etgan Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi:
“Bizningcha, dezinformatsiya va uning ortidagi iflos tarmoq nafaqat mamlakat, balki butun dunyo miqyosida tinchlik va osoyishtalikka tahdid solmoqda. Haqiqatni himoya qilish va dezinformatsiyaga qarshi kurashishni xuddi shunday qat’iyat bilan davom etamiz”.-deya gapirdi.
Aloqador xabarlar

PKKga a’zo yana 4 terrorist taslim bo‘ldi
Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi davom etmoqda.