Turkiyada oxirgi 24 soatda Covid-19 pandemiyasidan 7 kishi vafot etdi
Turkiyada oxirgi 24 soatda yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi yuzasidan 7 kishi vafot etdi.
1464804
Turkiyada 2022-yil 4-may mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da, Sogʻlikni Saqlash vazirligi tomonidan berilgan ma’lumotga koʻra oxirgi 24 soatda yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi tufayli 7 kishi vafot etdi.
Huddi shu vaqt mobaynida 90 ming 301 testdan 1 ming 132 yangi holat aniqlandi.
Roppa - rosa 1 ming 185 kishi davolanib kasalxonadan chiqarildi.
Shu bilan birga Turkiyada bugungacha Covid-19 ga qarshi kurash doirasida birinchi, ikkinchi, uchinchi doza vaksina soni 147 million 505 ming 412 ga yetdi.
Aloqador xabarlar
Turkiyaning to‘rt burchagida bolalar bayrami nishonlanmoqda
Turkiya bugun, Milliy mustaqillik va bolalar bayramini nishonlamoqda.