Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Kolumbiyada

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, “Maarif” jamg’armasi dunyoning 5- eng katta ta’lim muassasasi bo’ldi.

1819687
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Kolumbiyada

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, “Maarif” jamg’armasi dunyoning 5- eng katta ta’lim muassasasi bo’ldi.

Mevlud Chavusho’g’li, rasmiy tashrif bilan bo’lgan Kolumbiya poytaxti Bogotada Maarif jamg’armasi vakolatxonasining ochilish marosimida so’zladi.

Ikki davlat milliy madhiyalarining  o‘qinishi  bilan boshlangan marosimda mehmonlarga xitob qilgan Chavusho’g’li, Kolumbiyani  Lotin Amerika safari doirasida ziyorat qilgan 6-mamlakat ekanligini ta’kidlab, mezbon Tashqi ishlar vaziri Marta Lucia bilan muhim uchrashuvlar o’tkazganliklarini ma’lum qildi.

Chavusho’g’li, Kolumbiya Prezidenti Ivan Duque boshchiligida tegishli vazirlar bilan o’zaro va mintaqaviy mavzularni muhokama qilganliklarini bildirdi.

"Men Husn qabul uchun Dukega yana bir bor minnatdorchilik bildirmoqchiman. Kolumbiya Lotin Amerikasi kengayishida muhim markazdir." dedi u.

Mavlud Chavusho’g’li, Maarif jamg’armasining 67 davlatda turli darajada faoliyat yuritayotganini bildirdi.

"Bizning  jamg’armamiz  bugungi kunda dunyodagi eng yaxshi 5 ta ta'lim muassasasiga aylandi. Ma'lumki, Turkiya diplomatik tarmoqlar va vakolatxonalar soni bo'yicha dunyoda 5-o'rinni egallaydi. Maarif xalqaro ta'limda Turkiyaning brendi va faxriga aylandi". dedi.

Chavusho’g’li, Maarif jamg’armasining Kolumbiyada hozirdanoq muhim ishlarni amalga oshirayotganiga diqqat qaratdi.

 Kolumbiyaning yetakchi universitetlaridan biri Nacional va Externado bilan hamkorlik qilishni boshladi deya ma'lumot berdi.

 



Aloqador xabarlar