Turkiya Bayden bayonotiga munosabat bildirdi

Turkiya Jo Baydenning 1915-yilgi voqealar haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

1817430
Turkiya Bayden bayonotiga munosabat bildirdi

Turkiya, 1915-yilgi voqealar bilan bog‘liq tarixiy faktlar va xalqaro huquqlarga to‘g‘ri kelmaydigan bayonotlarning hech qanday kuchi yo‘qligini qayd etdi.

Tashqi ishlar vazirligi mavzu haqida:

“1915-yilgi voqealar bilan bog‘liq tarixiy faktlar va xalqaro huquqlarga to‘g‘ri kelmaydigan bayonotlarning hech qanday kuchi yo‘qdir”,-degan ifodalarga o‘rin bergan bayonotda, “Bunga Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Baydenning, 2021-yili yo‘l qo‘ygan xatolarining takrori sifatidagi bayonoti ham doxildir. Siyosiy sabablar bilan tarixiy haqiqatlarni buzgan bunday bayonotlar va qarorlarni rad etib, bu xatoda oyoq tiraganlarni qoralaymiz”,-dedi.

Bayonotning davomida esa:

“Tarixdan dushmanlik yaratishdan boshqa hech qanday maqsadga xizmat qilmaydigan bir tomonli va tanlab olingan yondashuvlar axloqiy jihatdan muammoli, siyosiy jihatdan esa yomon niyatlidir. Insoniy va vijdonli munosabat, etnik va diniy jihatdan ajratishlarga yo‘l qo‘ymay ana shu davrda boshdan kechirilgan barcha azob-uqubatlar yodga olinishi kerak. Turkiya, armanlar doxil butun O‘smoniy xalqi tortgan azob-uqubatlarni hurmat bilan yodga olmoqda. Biz bu azob-uqubatlarning siyosiy material sifatida ishlatishini rad etyapmiz. Turkiya, 1915-yil voqealari kabi tarixdagi baxsli davrlarning hech qanday tahqirsiz, ilmiy va huquqiy asosda tekshirilishi va adolatli ravishda yodga olinishi kerak degan fikrda. Turkiya huddi shu tushuncha bilan mushtarak tarix komissiyasi tashkil etilishi haqidagi taklifi bilan chiqib, arxivlarini ochdi. Turkiya o‘z mintaqasida va dunyoda tinchlik va barqarorlik hukmron bo‘lishini ta’minlash uchun harakat qilmoqda. Armaniston bilan boshlangan normallashtirish tashabbusi ham bu tushunchaning boshqa bir ifodasidir”.-deyildi.



Aloqador xabarlar