Chanoqqal’ada urush qurbonlarini xotirlash marosimi o'tkazildi

Chanoqqal’a quruqlik urushlarining 107 yilligi munosabati bilan yodga olish  marosimlari doirasida, Gelibolu yarim orolida joylashgan Anzak  dengiz qo‘ltig‘ida  an’anaviy “Tong marosimi” o’tkazildi.

1817358
Chanoqqal’ada urush qurbonlarini xotirlash marosimi o'tkazildi

 

Chanoqqal’a quruqlik urushlarining 107 yilligi munosabati bilan yodga olish  marosimlari doirasida, Gelibolu yarim orolida joylashgan Anzak  dengiz qo‘ltig‘ida  an’anaviy “Tong marosimi” o’tkazildi.

Avstraliya va Yangi Zelandiyaliklardan tashkil topgan taxminan 200 kishilik guruh kechasi Chanoqqal'a shahar markazidan Gelibo’lu yarim oroliga o'tdi.

Ishtirokchilar  qopko'rpa va adyollarda, marosim maydoniga o'rnatilgan ulkan ekranda ba'zi shaharlardagi Anzak  hujjatli film, film, va Anzak kuni marosimlarini tomosha qilib, "Tong marosimi"ning boshlanishini kutdilar.

Tongda boshlangan dasturda Yangi Zelandiya faxriylar vaziri Meka Whaitiri va Avstraliyaning Anqara elchisi Miles Armitage kunning ma'nosi va ahamiyati haqida nutq so'zladi.

Turkiya Respublikasining asoschisi, buyuk yo’lboshchi G’ozi Mustafo Kamol Otaturkning Chanoqqal’a  urushlarida halok bo’lgan xorijlik askarlarning oilalariga yo’llagan maktubi o’qildi.

Chanoqqal’a gubernatori Ilhami Aktash va boshqa davlat vakillari tadbir maydoniga Turkiya Respublikasi nomidan gulchambarlar qo’ydi va bir daqiqalik sukut saqladi.

Anzaklar va Anzaklar kuni

Anzak - Avstraliya va Yangi Zelandiya armiyasi korpusi so'zlarining birinchi harflarining qisqartmasi.

Anzaklar 1915-yilda Chanoqal’a , keyin esa Yaqin Sharq va Yevropada ittifoqchilari nomidan jang qilgan.

Anzak kuni 1915 yil 25 aprelda Avstraliya va Yangi Zelandiya qo'shinlarining Gallipoliga qo'nishining yilligini nishonlaydi.

 



Aloqador xabarlar