TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda
Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

Iroq shimolidagi “Panja-Chaqmoq” amaliyoti olib borilgan hududda PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo‘q qilindi.
Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda:
“Qahramon Turk Qurolli kuchlarimiz po‘latdan panjalari orqali terror uyalarini parchalashni davom etmoqda. Iroq shimolidagi Panja-Chaqmoq amaliyoti olib borilgan hududda PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo‘q qilindi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.
Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan boshqa bir bayonotda esa, Suriya shimolidagi “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan hududga qarshi, hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan PKK/YPG a’zolaridan 5 terroristning yo‘q qilingani qayd etildi.
Bayonotda,
“Oxirgi terrorist yo‘q qilingunga qadar amaliyotlarni qarorlilik bilan davom etamiz”.-deyildi.