Prezident Erdog’an Ayasofya Fatih madrasasining ochilish marosimini o’tkazdi
Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, bugun ochilgan Ayasofya Fotih madrasasi bilan Istanbulga yana bir asar olib kelganliklarini bildirdi.
Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, bugun ochilgan Ayasofya Fotih madrasasi bilan Istanbulga yana bir asar olib kelganliklarini bildirdi.
Prezident Erdo’g’an, Madaniyat va turizm vazirligi Vaqflar Bosh boshqarmasi tomonidan rekonstruksiya qilingan Ayasofya Fatih madrasasining ochilish marosimini o’tkazdi.
Prezident bu yerda so’zlagan nutqida Istanbulning ramzlaridan biri bo’lgan Buyuk Chamlija masjid majmuasida o’tgan haftada Islom sivilizatsiyalari muzeyini ochganliklarini eslatdi.
"Muhtasham o'tmishimizni bugun va kelajakka olib borish, uni xalqimiz bilan birlashtirish uchun juda muhim qadam tashladik. Bugun ochgan Ayasofya Fotih madrasasi bilan yana bir asarimizni shahrimizga qaytarmoqdamiz." dedi.
Erdog’an, Ayasofya Fotih madrasasining 1453-yilda Istanbulning fath qilinishidan so’ng Ayasofya yonidagi shaharning birinchi madrasasi sifatida foydalanishga topshirilganini va turli sanalarda ta’mirlash va qurilish ishlari bilan 1924-yilgacha ta’lim xizmatlarini davom ettirganini eslatdi.
Istanbulni zabt etgan Fotih Sulton Mehmetning poydevori bo‘lgan, asrlar davomida ilm va donishmandlik maskani bo‘lib xizmat qilgan ushbu tarixiy madrasani ta’kidlagan Prezident, har bir omonat ham keyingi avlodlarga omonat ekanini ta’kidladi.
“Madrasamizdan ertaga allomalar, ziyolilar, olim va tadqiqotchilar yetishib chiqadi, degan umiddaman. 13 oy kabi qisqa vaqt ichida ushbu ajoyib ishning mamlakatimizga olib kelishiga hissa qo‘shgan barchani tabriklayman”. Ded u.