Erdoʻgʻan Türkiye iqtisodiyoti ustidan tuzgan rejalariga e’tibor qaratdi

Prezident Erdoʻgʻan, Adolat va taraqqiyot partiyasi deputatlari bilan iftorlik dasturida uchrashdi.

1808445
Erdoʻgʻan Türkiye iqtisodiyoti ustidan tuzgan rejalariga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Türkiyeni dunyoning eng yirik 10 iqtisodiyotidan biriga aylantirish qaroridan aslo voz kechmasliklarini bildirdi.

Erdoʻgʻan poytaxt Anqarada oʻzi raislik qilgan Adolat va taraqqiyot partiyasi deputatlari bilan iftorlik dasturida uchrashdi.

Unda soʻzlagan nutqida pandemiya paytidagi iqtisodiyotga e’tibor qaratgan Erdoʻgʻan, dunyoning oʻsha vaqtda imtihondan unchalik ham yaxshi oʻtolmaganini, Türkiyening esa oʻz saloyihatini koʻrsatishi uchun bir imkon yaratganini qayd etdi. Bu borada, rivojlangan davlatlar ham nima qilishini bilolmay qolar ekan, Türkiyening, mazkur jarayondan kuchli chiqqanini yodga soldi.  

Yuqori inflyatsiya faqatgina Türkiye muammosi emasligini, Yevropa davlatlarining bundan ham kattaroq muammolar bilan shug‘ullanayotganini ta’kidlagan Prezident,

“Eksportimizning har oy rekord darajada oʻsishi, maqsadlarimiz sari intilayotganimizdan dalolat beradi. Biz Türkiyeni dunyoning 10 ta eng yirik iqtisodiyotidan biriga aylantirish qaroridan aslo voz kechmaymiz”.-dedi.

Terrorni mamlakat chegarasida butunlay yoʻq qilish nuqtasiga olib kelganliklariga e’tibor qaratgan Erdoʻgʻan, terrorga qarshi kurashda mudofaa sanoati sohasida jiddiy embargoga duchor boʻlgan Türkiyening, bugungi kunda vertolyot eksport qilish kuchiga ega ekanini qayd etdi.

Erdoʻgʻan oʻz soʻziga, kecha, Filippinga ATAK vertolyoti yetkazib berilganini ilova etdi.



Aloqador xabarlar