Türkiye: Begunoh insonlarning nishonga olinishini qabul qilish imkonsiz

Türkiye, Bucha va Irpin mintaqasida, tinch aholining o‘ldirilishi haqida matbuotda aks etgan tasvirlarni baholadi.

1807926
Türkiye: Begunoh insonlarning nishonga olinishini qabul qilish imkonsiz

Türkiye Ukraina poytaxti Kiyev yaqinidagi Bucha va Irpin mintaqasida, tinch aholining o‘ldirilishi haqida matbuotda aks etgan tasvirlarni “dahshatli” va “inson uchun tashvishga soluvchi” deb baholadi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda:

“Kiyev yaqinidagi Bucha va Irpin shaharlari kabi turli mintaqalardan matbuotda aks etgan tasvirlar dahshatli va insonlik uchun tashvishga soluvchidir”.-degan ifodalarga o‘rin berilgan holda, Türkiyening Ukraina xalqining dardiga o‘rtoq ekani ta’kidlandi.

“Begunoh insonlarning nishonga olinishini qabul qilish imkonsiz. Masala mustaqil ravishda tergov qilinishi kerak. Biz mas'ullarning aniqlanishi va ularning bunga javob berishini xohlaymiz”.-deyilgan bayonotda, Türkiyening insoniyat uchun, insonni uyaltiradigan bunday sahnalarning bas qilinishi va tezlik bilan tinchlik o‘rnashi uchun faoliyatlarini davom etishi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz,

Bucha shahrini rus armiyasidan 1-aprel kuni qutqargan Ukraina armiyasi, binolari yiqilgan va jasadlarga to‘la shaharga duch keldi. Kiyev yaqinidagi qutqarilgan turar-joy punktlaridan esa tinch aholidan 410 kishining jasadi topildi.

Rus askarlari, 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi harakat boshlatgandi.



Aloqador xabarlar