Erdoʻgʻan bilan Putin Rossiya-Ukraina hay’atining uchrashuvini qoʻlga oldi

Prezident Erdoʻgʻan bilan Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi.

1805872
Erdoʻgʻan bilan Putin Rossiya-Ukraina hay’atining uchrashuvini qoʻlga oldi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra muloqat chogʻida, Rossiya va Ukraina muzokara hay’atining seshanba kuni Istanbulda oʻtkazgan uchrashuvi qoʻlga olingan.

Uning ijobiy tusda, konstruktiv tarzda oʻtishining tinchlik uchun umid baxsh etganini bildirgan Prezident Erdoʻgʻan, tomonlarning ehtiyotkor harakat qilishi va muloqatni davom ettirishining muhim ekanini ham oʻz soʻziga ilova etgan. Shuningdek Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni uchrashtirish orqali tinchlik sa’y-harakatlarini muvaffaqiyat bilan tamomlash istagida ekanliklarini ta’kidlagan.

Rossiya Davlat rahbari Putin ham, Rossiya-Ukraina muzokara hay’atlari uchrashuvini Istanbulda oʻtkazib bergani uchun Prezident Erdoʻgʻanga minnatdorchilik bildirgan.



Aloqador xabarlar