Anqara bilan Moskva Rossiya-Ukraina ustidan oxirgi vaziyatlarni muhokama qildi

Prezident Erdo‘g‘an bilan Vladimir Putin, Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan Sergey Lavrov telefon orqali muloqat qildi.

1802833
Anqara bilan Moskva Rossiya-Ukraina ustidan oxirgi vaziyatlarni muhokama qildi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushidagi so‘nggi vaziyat va tomonlar o‘rtasidagi muzokara jarayonlari muhokama qilindi.

Unda Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida tezlik bilan o‘q uzishning to‘xtatilishi va tinchlikning o‘rnashi shuningdek, mintaqadagi gumanitar vaziyatning yaxshilanishi zarurligini ta’kidlagan Prezident Erdo‘g‘an, bu jarayon uchun Turkiyaning har tomonlama hissa qo‘shishni davom etishini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an bilan Rossiya Davlat rahbari Putin, Rossiya-Ukraina muzokara hay’atlarining navbatdagi yig‘ilishining Istanbulda o‘tkazilishi ustidan kelishib oldi.

Ayni paytda Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Rossiya-Ukraina muzokara hay’atlarining Turkiyada uchrashishini yodga solgan holda:

“Tomonlarning Turkiyaga bo‘lgan ishonchi (yaratgan) mas’uliyatini tushinib turibmiz”,-dedi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu Twitterdagi sahifasida bergan bayonotida, “Prezidentimiz Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning tashabbuslari natijasida Rossiya-Ukraina muzokara hay’atlari Turkiyada uchrashadi. Tomonlarning Turkiyaga bo‘lgan ishonchi (yaratgan) mas’uliyatini tushunamiz. Umid qilamizki uchrashuvlar natijasida o‘q uzish butunlay to‘xtatilib, tinchlik o‘rnaydi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Chavusho‘g‘lu keyin Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Chavusho‘g‘luning Lavrov bilan bo‘lgan muloqati chog‘ida Ukraina bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum uyushtirar ekan ikki tomon keyinroq bir necha marotaba muzokara o‘tkazgandi.



Aloqador xabarlar