Mariupolda chorasiz qolgan Turk fuqarolarining bir qismi evakuatsiya qilindi

Ukrainaning Mariupol shahrida chorasiz qolgan Turk fuqarolarining bir qismi, yaqinlari bilan birga evakuatsiya qilindi.

1798144
Mariupolda chorasiz qolgan Turk fuqarolarining bir qismi evakuatsiya qilindi

Rossiyaning 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi boshlatgan hujumlari tufayli Mariupol shahrida chorasiz qolgan 65 nafar Turk fuqarosi, yaqinlari bilan birgalikda evakuatsiya qilindi.

Mariupol shahridagi “Qonuniy Sulton Sulaymon” nomidagi jome’ masjidi uyushmasi rahbari Ismail Hajioʻgʻlu, Mariupoldagi jome’ masjidi, boshpana va uylarda chorasiz qolgan Turk fuqarolari va ularning qarindoshlaridan bir qismining, shahardan kecha chiqa olganini ma’lum qildi.

Rossiya hujumlari yuzasidan Turk fuqarolari va ularning yaqinlarini olib ketish uchun ajratilgan avtobuslarning kecha ham Mariupolga kirolmaganini ifoda etgan Hajioʻgʻlu, Turkiya Tashqi ishlar vazirligining, yuqorida nomi tilga olingan turklarning ziyon koʻrmasligi uchun Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga nota yoʻllaganligini ifoda etdi.

Hajioʻgʻlu,

“Jome’ masjidi oʻrin olgan hudud bombardimon qilinayotgandi. Mashinalari borlar, Qonuniy Sulton Sulaymon jome’ masjidi hududidan foydalangan holda shahardan chiqib ketdi. Mariupoldan bugun (kecha) chiqib ketgan Turk fuqarolari va yaqinlari soni 65 nafar”.-dedi.

Mariupoldan evakuatsiya qilinganlarning Zaporojyega ketganini qayd etgan Hajioʻgʻlu, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida Mariupolda qolgan 87 nafar Turk fuqarosi va ularning yaqinlarini esa evakuatsiya qilish ishlarining davom etgani bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Mariupol , #evakuatsiya

Aloqador xabarlar