Turk hududiy suvlariga qaytarilgan 36 nafar muhojir qutqarildi

Egey dengizidagi Ayvalik qirg‘og‘idan uzoq nuqtada puflangan qayiq orqali Lesbos oroliga ketayotgan bir guruh muhojir yo‘lda qoldi.

1797210
Turk hududiy suvlariga qaytarilgan 36 nafar muhojir qutqarildi

Turkiyaning Balikesir viloyatining Ayvalik tumanidan Gretsiyaning Lesbos oroliga qarab yo‘l olgan va grek unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgan 36 nafar muhojir qutqarildi.

Egey dengizidagi Ayvalik qirg‘og‘idan uzoq nuqtada puflangan qayiq orqali Lesbos oroliga ketayotgan bir guruh muhojir yo‘lda qoldi.

Grek unsurlari tomonidan yo‘llari kesilib, qayiqlariga ziyon yetkazilgan va Turk hududiy suvlariga qaytarilgan 36 nafar muhojir, Egey shimolidagi Sohil xavfsizlik qo‘mondonligiga oid qayiq tomonidan qutqarildi.

Ayvalikning Junda orolidagi Sohil xavfsizlik qo‘mondonligiga olib borilgan muhojirlarga oziq-ovqat, ichimlik, dori-darmon va tibbiy ashyolar kabi insonparvarlik yordamlari yetkazib berildi.



Aloqador xabarlar