Erdo‘g‘an:"Ukraina hududidagi urushni oldini olish mumkin edi"

Agar 2014 yil Rossiya Qrimni bosib olgan vaqtida jahon hamjamiyatining munosabati qattiqroq bo‘lganida, Ukraina hududidagi hozirgi urushning oldini olish mumkin edi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an “Antaliya diplomatik forumi”da ta'kidladi.

1794644
Erdo‘g‘an:"Ukraina hududidagi urushni oldini olish mumkin edi"

 

Agar 2014 yil Rossiya Qrimni bosib olgan vaqtida jahon hamjamiyatining munosabati qattiqroq bo‘lganida, Ukraina hududidagi hozirgi urushning oldini olish mumkin edi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an “Antaliya diplomatik forumi”ning ochilish marosimida ta’kidladi.

“Agar butun G‘arb va butun dunyo 2014 yilda Qrim bosqiniga qarshi ovozini baland ko‘targanida, biz bugungi manzaraga duch kelarmidik?! Afsuski, xalqaro hamjamiyat bu adolatsizlikni bartaraf etish uchun zaruriy sezgirlikni aniqlamadi va kerakli yordam ko‘rsatmadi”, deydi Erdo‘g‘an.

Turkiya Prezidentining fikricha, agar o‘sha vaqtda diplomatiya vositalaridan qat’iyroq va samaraliroq foydalanilganda, Ukrainadagi mavjud vaziyatning oldini olish mumkin edi.

“Bugun biz diplomatiya yo‘li bilan hal qilinishi mumkin bo‘lgan muammolarning halokatli va alamli oqibatlariga duch kelyapmiz. Ayniqsa, tinch aholining o‘z uylarini tark etayotganini, ko‘zlari qo‘rquv va xavotirga to‘la bolalarni, vayronaga aylangan shaharlar-u, begunoh odamlarning nobud bo‘layotganini ko‘rib, qayg‘ularimiz tobora kuchaymoqda”, deya qo‘shimcha qildi prezident.



Aloqador xabarlar