Turkiyaning navbatdagi burgʻulash kemasi yoʻlga chiqdi

Fatih Doʻnmez, dengizlarda uglevodorodlarni qidirishda foydalaniladigan toʻrtinchi burgʻulash kemasining Turkiyaga yoʻl olganini ma’lum qildi.

1791606
Turkiyaning navbatdagi burgʻulash kemasi yoʻlga chiqdi

Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Doʻnmez, dengizlarda uglevodorodlarni qidirishda foydalaniladigan toʻrtinchi burgʻulash kemasining (Norvegiyadan) Turkiyaga yoʻl olganini ma’lum qildi.

Doʻnmez Twitter sahifasida mavzu haqida bergan bayonotida, yangi kemaning katta hayajon bilan kutilayotganini bildirdi.

Bayonotda quyidagi ifodalarga ham oʻrin berdi:

“Toʻrt tomoni dengiz bilan oʻralgan yurtimizga bitta kamchiliksiz, mukammal burgʻulash kemasi olib kelish uchun hormay-tolmay mehnat qildik. Endilikda Turkiya tomon yoʻl olgan toʻrtinchi burgʻulash kemamizni katta hayajon bilan kutmoqdamiz. Hayrli boʻlsin!”-dedi.

Turkiya bugungi kunda dengizlarda olib borgan uglevodorodlarni qidirish faoliyatlarini Fatih, Yavuz va Kanuniy burgʻulash kemalari orqali davom etmoqda.



Aloqador xabarlar