Nur-Sulton shahrida Turkiya-Qozog'iston qo'shma iqtisodiy komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Anjumanga Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay va Qozog'iston Bosh vaziri va Turkiya-Qozog'iston qo'shma iqtisodiy komissiyasi rahbari Alihan Ismailov raislik qildi.

1789998
Nur-Sulton shahrida Turkiya-Qozog'iston qo'shma iqtisodiy komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi

 

Qozog'iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Turkiya-Qozog'iston qo'shma iqtisodiy komissiyasining 12-yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Anjumanga Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay va Qozog'iston Bosh vaziri va Turkiya-Qozog'iston qo'shma iqtisodiy komissiyasi rahbari Alihan Ismailov raislik qildi.

Yig'ilishda savdo, investitsiya, informatika, qishloq xo'jaligi, ta'lim va madaniyat kabi sohalarda qo'shimcha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Turkiya Respublikasi va Qozog'iston Respublikasi hukumatlari o'rtasida savdo, sanoat, energetika, transport, qishloq va o'rmon xo'jaligi hamda turizm sohalarida ikki davlat aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan protokollarni imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishdan so'ng, Turkiya va Qozog'iston delegatsiyalari ishtirokida qo'shma matbuot anjumani o'tkazildi.

Anjumanda so'zga chiqqan Fuat O'ktay xalqaro kun tartibdan joy olgan Rossiya-Ukraina mojarolariga e'tibor qaratdi.

"Turkiya sifatida ushbu nohaq urushni tezroq tugatish uchun sa'y-harakatlarimizni davom ettiramiz va insonparvarlik yordami bilan Ukraina xalqining yonidamiz”,-dedi Fuat O'ktay.

Uning ta'kidlashicha, Turkiyaning Rossiya va Ukraina o'rtasidagi urushga nisbatan pozitsiyasi barchaga ma'lum.

Rossiya harbiylarining Zaporoje AESga hujum boshlaganidan xavotirda ekanini tilga olgan Fuat O'ktay: "Biz Rossiya-Ukraina muzokaralari imkon qadar tezroq yakunlanishini va bu nohaq urushga chek qo'yilishini istaymiz",-dedi.

Ukraina Yadroviy tartibga solish bo‘yicha davlat inspeksiyasi ma'lum qilishicha, hozirda Yevropaning eng yirik Zaporoje AES Rossiya armiyasi nazorati ostida turibdi.

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev tomonidan qabul qilinadi.

Bundan tashqari, Fuat O'ktay tashrif doirasida Qozog'istonda faoliyat ko'rsatayotgan turk kompaniyalari rasmiylari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Turkiya delegatsiyasining Turkiston shahriga ham tashrifi rejalangan.

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog‘iston , #Fuat O'ktay

Aloqador xabarlar