Turkiya vitse-prezidenti ertaga Qozog'istonga safar qiladi

Fuat O'ktay tashrif doirasida Turkiya-Qozog'iston Qo'shma Iqtisodiy Komissiyasining 12-yig'ilishida ishtirok etadi. U shuningdek, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev tomonidan qabul qilinadi.

1788375
Turkiya vitse-prezidenti ertaga Qozog'istonga safar qiladi

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay ertaga 3-mart kuni Qozog'istonga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

Fuat O'ktay tashrif doirasida Turkiya-Qozog'iston Qo'shma Iqtisodiy Komissiyasining 12-yig'ilishida ishtirok etadi.

U shuningdek, Qozog'iston Bosh vaziri va Turkiya-Qozog'iston Qo'shma Iqtisodiy Komissiyasi rahbari Alihan Ismailov bilan uchrashuv o'tkazadi.

So'ngra, Turkiya Respublikasi va Qozog'iston Respublikasi hukumatlari o'rtasida savdo, sanoat, energetika, transport, qishloq va o'rmon xo'jaligi hamda turizm sohalarida ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan protokollarni imzolash marosimi bo'lib o'tadi.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha qo'shma matbuot anjumani ham o'tkaziladi.

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev tomonidan qabul qilinadi.

Bundan tashqari, Fuat O'ktay tashrif doirasida Qozog'istonda faoliyat ko'rsatayotgan turk kompaniyalari rasmiylari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Turkiya delegatsiyasining Turkiston shahriga ham tashrifi rejalangan.

 


Tanlangan kalimalar: #Fuat O'ktay , #Qozog‘iston , #Turkiya

Aloqador xabarlar