Shusha deklaratsiyasi kuchga kirdi
Shusha deklaratsiyasini tasdiqlash borasidagi qonun kuchga kirdi.
Turkiya Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasidagi ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi Shusha deklaratsiyasini tasdiqlash borasidagi qonun kuchga kirdi.
2021-yil 15-iyun kuni Ozarbayjonning Shusha shahrida imzolangan “Turkiya Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasidagi ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi Shusha deklaratsiyasi” haqidagi qonun ham, Rasmiy gazetada chop etildi.
Shusha deklaratsiyasi Turkiya va Ozarbayjon oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishni maqsad qilmoqda.
Ushbu deklaratsiya orqali Turkiya va Ozarbayjonni birlashtirgan Zangazur yo‘lagining ochilishi va Naxchivon-Kars temir yo‘li qurilishining, munosabatlarni faollashtirishga hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Deklaratsiya orqali shuningdek:
Turkiya bilan Ozarbayjonning mintaqaviy, global xavfsizlik va barqarorlik muammolarini birgalikda hal qilishga harakat qilishi, tomonlarning qaysidir birining mustaqillik yoki hududiy yaxlitligiga uchinchi davlat tomonidan tahdid tugʻdirilib, hujum uyushtirilgudek boʻlsa unda tomonlarning bir-biriga kerakli yordamni berishi koʻzda tutilmoqda. Ayniqsa terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda birgalikda harakat qilish va hamkorlikni kengaytirish ta’kidlangan.
Aloqador xabarlar
Prezident Erdo‘g‘an Donald Trampni tabrikladi
Prezident Erdo‘g‘an prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Trampni tabrikladi.