Bodrum qirg‘oqlaridan uzoq nuqtada chorasiz qolgan muhojirlar qutqarildi

Mug‘laning Bodrum tumani qirg‘oqlaridan uzoq nuqtada chorasiz qolgan 38 muhojirlar qutqarildi.

1775753
Bodrum qirg‘oqlaridan uzoq nuqtada chorasiz qolgan muhojirlar qutqarildi

Turkiyaning Mug‘la viloyatiga qarashli Bodrum tumani qirg‘oqlarida noqonuniy 38 muhojir qutqarilib, quruqlikka olib chiqildi.

Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Bodrum tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada turli vaqtlarda qayiq va qutqaruv sollarida noqonuniy muhojirlar borligi haqidagi ma’lumotlar ortidan hududlarga bir guruh yuborilgan.

Gretsiya unsurlari tomonidan Turkiya hududiy suvlariga qaytarilgani aniqlangan ikki qutqaruv solidagi 23 nafar noqonuniy muhojir bilan buzilgan qayiqdagi noqonuniy 15 nafar muhojir xodimlar tomonidan qirg‘oqqa olib chiqildi.

Yuqorida nomi tilga olingan muhojirlar kerakli protsedura ortidan viloyatdagi migratsiya boshqarmasiga topshirildi.



Aloqador xabarlar