Prezident Erdo‘g‘an bilan Stoltenberg Rossiya-Ukraina masalasini qo‘lga oldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya-Ukraina masalasini qo‘lga oldi.

1775032
Prezident Erdo‘g‘an bilan Stoltenberg Rossiya-Ukraina masalasini qo‘lga oldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, ushbu muloqat chog‘ida Rossiya-Ukraina tarangligi bosh bo‘lish bilan birga mintaqaviy masalalar qo‘lga olindi.

Erdo‘g‘an, Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi taranglikni to‘xtatish uchun Turkiya sifatida kerakli g‘ayratni sarf etganliklari va muammoni hal qilish mantig‘i bilan qadam tashlayotganliklarini bildirdi.

Inqirozning Ukrainaning hududiy yaxlitligi va xalqaro huquq asosida Minsk kelishuvlari doirasida tinch va diplomatik yoʻl bilan hal qilinishi haqidagi fikrini barcha kasbdoshlari bilan bo‘lishganini ifoda etgan Prezident Erdo‘gʻan, Turkiyaning liderlar ishtirokidagi bir sammit yoki texnik muzokaralarga mamnuniyat bilan mezbonlik qilishi mumkinligini Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga turli vaziyatlarda yetkazganini qayd etdi.

NATO Bosh kotibi Stoltenberg ham Prezident Erdo‘g‘anga muammoni hal qilish uchun faol qo‘llab-quvvatlayotgani va shaxsiy tashabbuslari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Stoltenberg shuningdek, Covid-19 test natijasi ijobiy chiqqan Prezident Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emine Erdo‘g‘onning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Stoltenberg, ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida Turkiyaning Ukrainaga ko‘rsatgan kuchli va amaliy ko‘magini mamnuniyat bilan qarshi olganliklarini bildirib, NATOning Rossiya bilan muloqotga tayyorligini ta’kidlagandi.

 

 



Aloqador xabarlar