Turkiya aholisi 2021-yilda 84 mlndan oshdi
Aholining 50,1 foizini (42 million 428 ming 101 nafarini) erkaklar, 49,9 foizini (42 million 252 ming 172 nafar) ayollar tashkil qildi.
Turkiya aholisi soni 2021-yilda avvalgi yilga nisbatan 1 million 65 ming 911 nafarga oshib, 84 million 680 ming 273 kishini tashkil qildi.
Bu haqda Turkiya Statistika tashkiloti (TÜİK) “Manzilga asoslangan aholini roʻyxatga olish tizimi 2021 natijalari” dasturida eʼlon qildi.
Shunga ko‘ra, 2020-yilda 83 million 614 ming 362 kishi bo‘lgan mamlakat aholisi o‘tgan yili 1 million 65 ming 911 kishiga ortib, 84 million 680 ming 273 kishiga yetdi.
Aholining 50,1 foizini (42 million 428 ming 101 nafarini) erkaklar, 49,9 foizini (42 million 252 ming 172 nafar) ayollar tashkil qildi.
Aholining yillik o‘sish sur’ati 2020-yilda 5,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 12,7 foizga yetdi.
Viloyat va tuman markazlarida aholi soni 2020-yilda 93 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 93,2 foizga oshgan.
Shahar va qishloqlarda yashovchi aholi soni 7 foizdan 6,8 foizga kamaydi.