O‘rta yer dengizidagi Kipr oroli yaqinida 5,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) internet sahifasida berilgan ma’lumotga ko’ra, Turkiya vaqti bilan soat 00:03 da O’rta Yer dengizidagi Kipr oroli yaqinida 5,1 magnitudali zilzila qayd etilgan.

1772681
O‘rta yer dengizidagi Kipr oroli yaqinida 5,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

O‘rta yer dengizidagi Kipr oroli yaqinida 5,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) internet sahifasida berilgan ma’lumotga ko’ra, Turkiya vaqti bilan soat 00:03 da O’rta Yer dengizidagi Kipr oroli yaqinida 5,1 magnitudali zilzila qayd etilgan.

Dengiz sathidan 13,20 kilometr chuqurlikda bo'lgan zilzila epimarkazining Antaliyaning Gazipasha tumanidan 136 kilometr uzoqlikda bo'lgani aniqlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda zilzila birinchi navbatda Antaliyada, balki Mug'la, Adana, Mersin va Hatayda ham sezilgani aytildi.

Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja o'zining Twitter sahifasida zilzila sezilgan Antaliya va Mersin shaharlarida tez yordam xizmatlariga murojaat yo'qligini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Zilzila , #O'rta yer dengizi , #Kipr oroli

Aloqador xabarlar