Erdo’g’an Turkiyaga yangi tayinlangan AQSh elchisidan ishonch yorlig'ini qabul qildi
Kecha, 26-yanvar kuni xorijiy davlatlarning Turkiyaga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kecha, 26-yanvar kuni Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an xorijiy davlatlarning mamlakatga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Bu haqda Turkiya prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko'ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Amerika Qo'shma Shtatlarining Turkiyaga yangi tayinlangan favqulodda va muhtor elchisi Jeffry Flakedan ishonch yorlig'ini qabul qilib oldi.
Prezident saroyida bo’lib o’tgan qabul chog’ida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an diplomatik vakolatxona rahbariga uning Turkiya bilan do‘stlik rishtalari va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.
Shuningdek, Turkiya Prezidenti yangi tayinlangan elchi bilan qisqa suhbatlar o‘tkazdi.
Diplomatlar samimiy qabul hamda samarali faoliyat uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni har tomonlama rivojlantirish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdilar.
Avvalroq, Erdo’g’an Italiyaning Turkiyaga yangi tayinlangan favqulodda va muhtor elchisi Giorgio Marrapodidan ishonch yorlig'ini qabul qilib olgandi.
Aloqador xabarlar
Erdo’g’an NATO Bosh kotibi Mark Rutte bilan muloqot qildi
Suhbat chog’ida Suriyadagi so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilindi.