Erdo‘g‘an 2021-yilda erishilgan eksport ko‘rsatkichlarining rekord darajada ekanini ma’lum qildi
Erdo‘g‘an Istanbulda o‘tkazgan matbuot anjumanida 2021-yilgi tashqi savdo raqamlarini e’lon qildi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, 2021-yilda erishilgan eksport ko‘rsatkichlarining rekord darajada ekanini ma’lum qildi.
Erdo‘g‘an Istanbulda o‘tkazgan matbuot anjumanida 2021-yilgi tashqi savdo raqamlarini e’lon qildi.
Prezident Erdo‘g‘an:
“Turkiya inqirozlarni boshqargan va hatto inqirozlardan imkon sifatida foydalangan davlatga aylandi. 2021-yil jami eksportimiz o‘tgan yilga nisbatan 32,9 foizga oshib, 225 milliard 368 million dollarga yetdi. Bu bir rekorddir”.-dedi.
Rejep Tayyip Erdo‘g‘an:
“2002-yilda atigi 87,6 milliard dollarni tashkil etgan tashqi savdo hajmimizni 2021-yilda 496,7 milliard dollarga yetkazdik”.-deya gapirdi.
Erdo‘g‘an:
“Eksport qilingan 75 fasl mahsulot guruhida Respublika tarixidagi eng yuqori eksport qiymatiga erishdik”.-dedi.
Prezident tashqi savdo taqsilligining oldingi yilga nisbatan 7,8 foizga pasayib 45,9 milliard dollarga kamayganini, eksportning importni qarshi olish nisbati esa 83,1 foizga o‘sganini qayd etdi.
Eksportda eng yuqori o‘sishning Amerika Qo‘shma Shtatlariga yo‘lga qo‘yilganini ifoda etgan Prezident,
“Eksportimiz Janubiy Amerikaga 86,6 foiz, Yevropa ittifoqidan tashqaridagi Yevropa davlatlariga 29 foiz, Yaqin va O‘rta Sharqqa 22,6 foiz, Shimoliy Afrikaga 44,8 foiz nisbatida ortdi. Bugungi kunda biz dunyo bilan yorishyapmiz. Global miqyosda olib borilgan yorish ichidamiz. Oxirgi 12 oyning 11 oyida eksportda rekord o‘rnatdik. Turkiya bunga ham erishdi. Ushbu raqamlar orqali Turkiya, jahon savdosida gapi o‘tgan davlatga aylandi”.-deya gapirdi.
Turk lirasi bilan bozor qiluvchi davlatlar sonining kundan kunga ortib borayotganini ta‘kidlagan Erdo‘g‘an:
“2021-yildan e’tiboran eksportimizni dunyoning 205 mamlakat va mintaqasiga milliy pulimiz orqali amalga oshirdik. Turk lirasi orqali biz amalga oshirgan tashqi savdo hajmi 183 milliard liraga yetdi. Tovar savdosidagi yuqori ko‘rsatkichlarning xizmat tijorati eksportimizga ijobiy aks etganiga guvoh bo‘ldik”.-dedi.
Prezident Erdo‘g‘an,
“(Eksport maqsadi) 2022-yilgi maqsadlarimizni 250 milliard dollar olaroq qayta ko‘rib chiqmoqdamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.