Mustafa Shento'p Chernogoriya parlamenti raisi Aleksa Bechich bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, Turkiya va Chernogoriya o'rtasida Parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

1751874
Mustafa Shento'p Chernogoriya parlamenti raisi Aleksa Bechich bilan uchrashdi

 

Kecha, 23-dekabr kuni Turkiya Parlamenti raisi Mustafa Shento'p Chernogoriya poytaxti Podgoritsaga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Podgoritsa xalqaro aeroportida Chernogoriya parlamenti raisi Aleksa Bechich, Turkiyaning Podgoritsadagi elchisi Songul O'zan, Chernogoriya Islom ittifoqi rahbari Rifat Feyzich va boshqa mutasaddi vakillar tomonidan kutib olindi.

Kunning ikkinchi yarmida Chernogoriya parlamenti qarorgohida Turkiya Parlamenti raisi Mustafa Shento'pni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari - ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar kecha, 23-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Tantanali kutib olish marosimidan keyin Turkiya Parlamenti raisi Mustafa Shento'p Chernogoriya parlamenti raisi Aleksa Bechich bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, Turkiya va Chernogoriya o'rtasida Parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

Chernogoriya bilan do'stlik aloqalarini yanada mustahkamlash istagini tilga olgan Mustafa Shento'p Turkiya Bolqon davlatlarida tinchlik va barqarorlik hukmron bo'lishi tarafdori ekanligini ta'kidladi.

Shuningdek, Turk investorlari va xususiy sarmoyaning ayniqsa so'nggi bir necha yil ichida Chernogoriyaga bo'lgan qiziqishini ortganligini, bu qiziqishni olqishlaganligini va kuchli iqtisodiy va tijoriy aloqalar bilan bir qatorda ikki davlat o'rtasidagi yaxshi munosabatlarni mustahkamlash istagini tilga oldi.

Ikki davlat parlamentlari o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilganligiga e'tibor qaratgan Shento'p, bu doirada imzolangan hamkorlik protokoli ikki davlat parlamentlari o'rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishiga ishonmchi komil ekanligini ta'kidladi.

Tomonlar uchrashuvdan so'ng Turkiya va Chernogoriya o'rtasida Parlamentlararo hamkorlik protokoliga imzo chekdi.

Shartnomalarni imzolash marosimidan keyin ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Chernogoriya , #Mustafa Shento'p

Aloqador xabarlar