Turkiya Madagaskar hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Madagaskarda yuz bergan kema halokati oqibatida kamida 64 kishining halok bo‘lishi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

1751386
Turkiya Madagaskar hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Madagaskarda yuz bergan kema halokati oqibatida kamida 83 kishining halok bo‘lishi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Madagaskarning shimoli-sharqiy qirg'oqlarida kemaning cho'kishi oqibatida kamida 83 kishining hayotdan ko'z yumganligidan chuqur qayg'uda ekanligi bildirildi.

Bayonotda, "Biz halok bo‘lganlarning oila a’zolariga, do‘st Madagaskar xalqiga va hukumatiga hamdardlik bildiramiz”, degan ifodalarga o'rin berilgan.

Madagaskar dengiz va daryo porti agentligi rasmiysi Mamy Randrianavony 20 dekabrga o'tar kechasi yo'lovchi tashishga ruxsat berilmagan yuk kemasining ko'p sonli yo'lovchilar tufayli ag'darilib ketganini ma'lum qildi.

Cho'kayotgan kemadagi yo'lovchilardan 83 nafarining hayotdan ko'z yumganini ifoda etgan Randrianavony, voqeadan keyin 50 kishining qutqarilganini, bedarak yo'qolgan 24 kishini qidirish-qutqarish ishlari davom etganini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Madagaskar , #Turkiya

Aloqador xabarlar