Fotih Do’nmez Shimoliy Kipr Turk Respublikasi energetika vaziri bilan uchrashdi

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o’rtasida energiya bo’yicha amalga oshirilayotgan faoliyatlar muhokama qilindi.

1736838
Fotih Do’nmez Shimoliy Kipr Turk Respublikasi energetika vaziri bilan uchrashdi

 

Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do’nmez Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar asosida birinchi navbatda suyultirilgan gaz (LNG) orolga olib kelinishini ma’lum qildi.

Fotih Do’nmez Antaliyada bo'lib o'tgan Turkiyaning energiya bo’yicha 11-sammitida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi iqtisodiyot va energetika vaziri Sunat Atun bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o’rtasida energiya bo’yicha amalga oshirilayotgan faoliyatlar muhokama qilindi.

Vazir Do’nmez endilikda ko’plab davlatlar atrof-muhitga zarar etkazmaydigan energiya tizimlariga o'tayotganligini va bu borada Shimoliy Kipr Turk Respublikasini qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

"Birinchi navbatda mamlakatdagi mavjud mazut stansiyalarini tabiiy gazga aylantirish masalasini birgalikda muhokama qildik. Umid qilamizki, amalga oshiriladigan loyihalarda suyultirilgan gaz birinchi navbatda orolga keltiriladi" ,-dedi Fotih Do’nmez.

Vazir Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi elektromobil loyihasini qiziqish bilan kuzatib borayotganligini ta'kidlab, shunday dedi:

"Elektromobil vositalarining tizimga qo'shilishi bilan elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyoj ham oshadi. Biz umid qilamizki, ertaga Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi vatandoshlarimizning yonida bo'lishni davom ettiramiz. Shuningdek, orolning energiya ta'minoti xavfsizligi uchun zarur bo'lgan loyihalarni qo'llab-quvvatlashni davom ettiramiz”,-dedi Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri.

 

 



Aloqador xabarlar