Parij kelishuvi bo'yicha Prezident qarori rasmiy gazetada chop etildi

Bugun Turkiya rasmiy gazetasida chop etilgan Prezident qarori bilan Parij kelishuvining kuchga kirishi 2021-yil 10-noyabr deb belgilandi.

1729222

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an imzosi bilan e’lon qilingan qarorda, Prezidentning 2021-yil 7-oktyabrdagi 4618-sonli qarori bilan tasdiqlangan Parij kelishuvining kuchga kirish muddati 2021-yil 10-noyabr etib belgilanganligi ta’kidlandi.

Prezident Erdo’g’an 21-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida Turkiyaning Parij kelishuvini ratifikatsiya qilishini va 2053-yil uchun aniq “nol emissiya” maqsadi qabul qilinishini ma’lum qildi.

1 oktyabr kuni Turkiya parlamenti Raisi Mustafo Shento’pning imzosi bilan Assambleya Raisligiga taqdim etilgan Parij kelishuvini tasdiqlashga oid qonun taklifi qabul qilindi.

Parij kelishuvi haqidagi qonun 7 oktyabr kuni Rasmiy gazetada e'lon qilinganidan keyin kuchga kirdi.

Tanlangan kalimalar: #Parij kelishuvi , #Turkiya

Aloqador xabarlar