Turkiya PKK/PYDning AQShdan olgan yordamlari borasidagi qayg‘ularini kun tartibiga olib chiqdi
Prezident Erdo‘g‘an Italiya poytaxti Rimda uyushtirilgan G-20 Liderlar sammiti ortidan matbuot anjumani uyushtirar ekan unda sammitni baholab, jurnalistlar savoliga javob berdi.

Prezident Erdo‘g‘an Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) terror tashkilotlarini qurol bilan ta’minlashi haqida:
“Bundan keyingi jarayonning bunday davom etmasligiga ishonchim komil”.-dedi.
Prezident Erdo‘g‘an Italiya poytaxti Rimda uyushtirilgan G-20 Liderlar sammiti ortidan matbuot anjumani uyushtirar ekan unda sammitni baholab, jurnalistlar savoliga javob berdi.
Erdo‘g‘an sammit doirasida AQSh Prezidenti Jo Bayden bilan bo‘lgan uchrashuvi haqidagi savolga:
“Suriyadagi PKK /PYD terror tashkilotlarining AQShdan olgan yordamlari borasidagi qayg‘ularimizni yetkazdik”.-degan holda:
“Bundan keyingi jarayonning bunday davom etmasligiga ishonchim komil”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.
Bayden bilan bo‘lgan uchrashuvda mavjud F-16 larni modernizatsiya qilish yoki yangi F-16 berilishi masalasining kun tartibiga olib chiqilganini qayd etgan Erdo‘g‘an, ikki davlat mudofaa vazirlarining jarayonni kuzatib borayotganini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an shuningdek:
“Bu bo‘yicha Hurmatli Baydenning ijobiy tusdagi yo‘ndashuvini ko‘rdim”.-deya gapirdi.
Tolibon tomonidan 15-avgust kuni nazorat ostiga olingan Afg‘onistondan Turkiyaga bo‘lgan yangi ko‘ch to‘lqini haqida esa Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyaning haligacha 3.6 millioni Suriyadagi urushdan qochganlar bosh bo‘lish bilan birga jami 5 millionga yaqin o‘z uy-joyi va yurtidan mahrum bo‘lgan insonga mezbonlik qilayotganini yodga solgan holda:
“Chora-tadbirlarimizni ko‘ryapmiz, yirik ko‘ch to‘lqini oldida darvozalarimizni ochish niyatimiz yo‘q”.-dedi.
Aloqador xabarlar

PKK/YPGga a'zo 2 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi
Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi davom etmoqda.