Gretsiya,Kipr Rum Qismi va Misr o'rtasidagi Liderlar sammiti bayonotlarining hech bir kuchi yo’qdir

Turkiya, Gretsiya, Kipr Rum  Qismi (KRQ ) va Misr o'rtasidagi Liderlar sammitidan so'ng, "Turkiyaning ham, Kipr turklarining ham Sharqiy O'rta yer dengizidagi huquqlari qat'iy ravishda himoya qilinishini" bildirdi.

1722263
Gretsiya,Kipr Rum Qismi va Misr o'rtasidagi Liderlar sammiti bayonotlarining hech bir kuchi yo’qdir

Turkiya, Gretsiya, Kipr Rum  Qismi (KRQ ) va Misr o'rtasidagi Liderlar sammitidan so'ng, "Turkiyaning ham, Kipr turklarining ham Sharqiy O'rta yer dengizidagi huquqlari qat'iy ravishda himoya qilinishini" bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida, kecha Gretsiya, Misr va Kipr Rum Qismi  rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan uch tomonlama sammitdan keyin e'lon qilingan bayonot, bu davlatning dushmanlik siyosatining yangi namoyishi ekanligi ma'lum qilindi. Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SKTR) tomon yunon- Rum yangi bir namoyishi. Qayd etilishicha, Misrning bu bayonotga kiritilishi Qohira ma'muriyati Sharqiy O'rta yer dengizida hamkorlik qilishi mumkin bo'lgan haqiqiy manzilni hali tushunmaganligidan dalolat beradi.

"Biz do'stlar va dushmanlarga ko'rsatdik, Sharqiy O'rta yer dengizida Turkiya va SKTR ishtirokisiz hech qanday bir  tashabbus muvaffaqiyatli bo'la olmaydi." Bayonotda, Turkiya mintaqa davlatlari o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytiradigan energiya loyihalarini qo'llab -quvvatlayotgani, lekin bu loyihalar Turkiya va Kipr turklarining huquqlari va manfaatlarini e'tiborsiz qoldirmasligi va qamrovli bo'lishi kerakligi bildirildi.

Bayonotda, deklaratsiyadagi bayonotlardan farqli o'laroq, mintaqadagi keskinlikning asosiy manbai yunon- Rum  duosining maxfiy va noqonuniy dengiz chegarasi da'volari va Kipr turklarini e'tiborsiz qoldirgani ta'kidlangan. Bayonotda, shuningdek, Sharqiy O'rta yer dengizida keskinlikni oshirish uchun Turkiyaning qit'a shelfini buzish urinishlariga kerakli javob berilgani va Turkiyaning ham, Kipr turklarining ham huquqlari qat'iyat bilan himoyalanishda davom etishi bildirildi.

Bayonotda quyidagilar qayd etilgan:

"Oroldagi faktlarni rad etadigan tushuncha, Kipr muammosini hal qilishga hissa qo'sha olmaydi. Yana bir bor eslatib o'tmoqchimizki, Kipr turklarining suveren tengligi va teng xalqaro maqomisiz yangi muzokara jarayoni mumkin bo'lmaydi.

Bundan tashqari, Liviyaning ba'zi noqonuniy guruhlarni qo'llab -quvvatlashi bilan Liviyaning beqarorligiga olib kelgan bu davlatlar, biz Liviyaning qonuniy hukumati bilan imzolagan memorandumni nishonga olgani Liviya manfaatlari va suverenitetiga hurmatsizlikdir ".

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sammit , #SKTR , #Kipr Rum boshqaruvi , #Gretsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar