Prezident Erdoʻgʻan: Afrika qit’asidagi xalqlarning hammasini bagʻrimizga bosyapmiz

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Angola Parlamentiga xitob etdi.

1721502
Prezident Erdoʻgʻan: Afrika qit’asidagi xalqlarning hammasini bagʻrimizga bosyapmiz

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Turkiyaning Afrika qit’asidagi xalqlarning hammasini bagʻriga bosganini qayd etdi.

Angola Parlamentiga xitob etgan Erdoʻgʻan Turkiyadan Angolaga Prezident ishtirokidagi birinchi tashrifini amalga oshirganini belgilab oʻtgan holda, Turkiya sifatida rivojlanish yoʻlida doʻst Angolaning yonida boʻlishni davom ettirishlarini bildirdi.

Angola bilan Yevropa va Osiyo qit’alarini bir-biriga bogʻlagan Turkiya hamkorligini tashkil etadigan sinergiya kuchining keng hududda oʻzini yaqqol koʻrsatishini ifoda etgan Erdoʻgʻan:

“Tarixida mustamlakachilik izi yoʻq xalqmiz. Bugungi kunda ham dunyo beshdan kattaroq deb, global tizimdagi adolatsizliklarga qarshi kurashyapmiz”.-dedi.

Insoniyat taqdiri Ikkinchi Jahon urushida gʻalaba qozongan bir hovuch davlat insofiga tashlab qoʻyilmasligi kerakligini ta’kidlagan Prezident Erdoʻgʻan oʻz soʻzini quyidagicha davom etdi:

“Afrika xalqlarining mustaqillik, erkinlik va tenglik yutuqlarini haligacha qabul qila olmaganlar bor. Oxirgi vaqtlarda bu hazmsizlikning qaytalanayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Turkiya sifatida Afrika qit’asiga qaratilgan va markazi gʻarb boʻlgan sharqshunoslik yondashuvlarini rad etamiz. Afrika qit’asidagi xalqlarning hammasini bagʻrimizga bosyapmiz. Qit’a bilan aloqalarimizni orttirar ekanmiz afrikalik qardoshlarimiz ilmidan foydalanishdan umidvormiz”.

Turkiyaning Afrikada 43 elchixona bilan vakillik faoliyati olib borayotganini yetkazgan Erdoʻgʻan poytaxt Anqarada elchixonasi bor Afrika oʻlkalari soni esa 37 ga yetganini oʻz soʻziga ilova etdi.

Erdoʻgʻan Turkiya tarixi, madaniyati va xalqi bilan Afrika qit’asining butun dunyoga qoʻshgan boyligi va salohiyatidan xabardor ekanini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar