Prezident Erdoʻgʻan amaliy tashrif bilan Angolada

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan amaliy tashrif bilan Angola poytaxti Luandada.

1720959
Prezident Erdoʻgʻan amaliy tashrif bilan Angolada

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, Afrikaga boʻlgan tashrifining birinchi bekati hisoblangan Angola poytaxti Luandaga yetib bordi.

Prezident Erdoʻgʻan “Luanda Quatro de Fevereiro” xalqaro aeroportida Angola Tashqi Ishlar vaziri Tete Antonio va Turkiyaning Luandadagi elchisi Alp Ay tomonidan kutib olindi.

Amaliy tashrifi bugun boshlashi rejalashtirilgan Prezident Erdoʻgʻan, Angola Prezidenti Joao Manuel Gonsalves Lourenso tomonidan Prezidentlik saroyida rasmiy marosim bilan kutib olinadi. Ikkala prezident oʻzaro va hay’atlararo uchrashuvlari ortidan mushtarak matbuot anjumani oʻtkazadi.

Angola Parlamentida nutq soʻzlaydigan Prezident Erdoʻgʻan doktor Antonio Agostino Neto yodgorligini ziyorat qilib, Tashqi Iqtisodiy aloqalar kengashi (DEIK) tomonidan tashkil qilinadigan Angola-Turkiya biznes forumida ishtirok etadi.



Aloqador xabarlar