Navbatdagi TRT World Forum 19-20 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Navbatdagi TRT World Forum 19-20 oktabr kunlari onlayn ravishda bo‘lib o‘tadi.

1711072
Navbatdagi TRT World Forum 19-20 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi

TRT World Forum 5-yilida “Kuch va paradoks: XXI asrda buyuk strategiyani anglamoq” degan nom ostida 19-20 oktabr kunlari onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra dunyoning dolzarb global muammolarini hal qilish yo‘llarini izlab topish maqsadida 2017-yildan beri uyushtirilgan TRT World Forum, bu yil ham dunyoning to‘rt burchagidagi akademiklar, nodavlat notijorat tashkilotlar, mutafakkirlar, siyosatchilar, mutahassislar va ommaviy axborot vositalari vakillarini uchrashtiradi.  

Forumda taniqli mutahassislar 16 majlis orqali oxirgi yillarda kun tartibida o‘rin olgan siyosiy va ijtimoiy mavzular bilan muammolarni muhokama qiladi.  

Global insoniy inqirozlar, xalqaro xavfsizlik, kuch-qudrat chegaralari va global adolat muzokaralari haqida o‘tkaziladigan panellar bilan barcha insoniyatni qiziqtirgan masalalarga ham e’tibor qaratiladi.

Shu bilan birga Tolibonning Afg‘onistonni qo‘lga kiritishi ortidan TRT World Forumda “Tolibonning qaytishi: Yo‘l qo‘yilgan xatolar va olinadigan saboqlar” degan nomi ostida majlis o‘tkazilishi ham qarorlashtirildi.

Mutahassislar ishtirokidagi majlisda Afg‘onistondagi oxirgi vaziyat batafsil olaroq qo‘lga olinadi.

5. TRT World Forumda ishtirok etish uchun https://www.trtworldforum.com/trt-world-forum-2021/ orqali ro‘yhatdan o‘tishingiz mumkin.

 

 



Aloqador xabarlar