Erdo’g‘an xorijiy davlatlarning yangi elchilaridan ishonch yorlig'ini qabul qildi

Kecha, 1-sentyabr kuni xorijiy davlatlarning Turkiyaga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1701118
Erdo’g‘an xorijiy davlatlarning yangi elchilaridan ishonch yorlig'ini qabul qildi
erdogan tacikistan Ashrafjon Sheralievich Gulov.jpg
erdogan bolivya Edgar Adolfo Sejas Vera.jpg
erdogan flipinler Maria Elena Palo Algabre.jpg

 

Kecha, 1-sentyabr kuni xorijiy davlatlarning Turkiyaga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘an xorijiy davlatlarning mamlakatga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatining kommunikatsiyalar bo’yicha departamenti xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘an Filippin Respublikasi elchisi Maria Elena Palo Algabre, Boliviya Respublikasi elchisi Edgar Adolfo Sejas Vera va Tojikiston Respublikasi elchisi Ashrafjon Sheraliyevich Gulovdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘an diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga ularning Turkiya bilan do‘stlik rishtalari va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

Shuningdek, Turkiya Prezidenti yangi tayinlangan elchilar bilan qisqa suhbatlar o‘tkazdi.

Diplomatlar samimiy qabul hamda samarali faoliyat uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni har tomonlama rivojlantirish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdilar.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Filippin , #Boliviya , #Turkiya

Aloqador xabarlar